Amerikaliklarning 55 foizdan ortiği Ilon Mask mamlakatga ta’sir körsatadigan qarorlarning qabul qilinişida haddan ortiq katta kuçga ega deb hisoblamoqda. Bu haqda Kvinnipiak universiteti tomonidan ötkazilgan sörov natijalarida söz boradi.
Qayd etilişiça, sörov 3-17 fevral kunlari AQŞda röyxatga olingan 1039 nafar saylovçi örtasida ötkazilgan. Respondentlarning 55 foizi Mask qaror qabul qilinişida haddan ortiq ta’sirga ega deya hisoblagan. Şu bilan birga, respondentlarning 36 foizi Mask mamlakatga ta’sir qiluvçi qarorlar qabul qiliş uçun yetarli kuçga ega degan bölsa, 3 foizi esa unda juda kam kuç bor deb hisoblagan.
Sörovda iştirok etgan demokratlarning 1 foizi, mustaqil respondentlarning 33 foizi va respublikaçilarning 78 foizi Maskni yetarliça ta’sir doiraga ega deb topgan.
Natijalarga köra, ötgan oydagi sörovga nisbatan Maskning Tramp ma’muriyatidagi yetakçilik rolini ma’qullamagan saylovçilar uluşi biroz oşgan.
Maskning yetakçilik rolini ma’qullayotganlar uluşi 54 foizni, unga qarşilik bildirayotganlar esa 42 foizni taşkil etgan.

















