Olmaota şahrida şifokorlar beş yoşli bolaning oşqozonidan taxminan 40 ta magnit şarçasini topişdi, deb xabar bermoqda «Kazinform».

Tibbiyot xodimlarining sözlariga köra, bola Olmaota şoşilinç yordam bolalar markaziga qornidagi kuçli oğriqlar bilan olib kelingan.

Rentgen surati bolaning oşqozonida kutilmagan narsalar borligini körsatgan. Keyinçalik aniqlanişiça, bu 38 ta magnit şarçasi bölgan.

"Biz kindik orqali içakni va öşa magnit şarçalarini çiqarib oldik", - deya aytib ötişdi şifokorlar.

Ayni damda bola jonlantiriş bölimida qolayotgani aytiladi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda yanvar oyida tanasidan 16 ta igna va sim bölagi topilgan çaqaloq haqida xabarlar keng tarqaldi. 11 oylik çaqaloqning tanasidan topilgan ignalar böyiça huquqni muhofaza etuvçi organlar tomonidan dastlabki suriştiruv işlari boşlangan. Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan içki işlar xodimi suriştiruv jarayonida ilgari surilayotgan farazlarni ma'lum qilgan.