Vengriya TIV rahbari Peter Siyyarto Ukrainadagi sudning til böyiça davlat siyosati asoslari töğrisidagi qonun bekor qilinişi böyiça qarorini tanqid ostiga oldi. Uşbu qonun davlat organlari işida mintaqaviy tillardan foydalanişga ruxsat bergan.
Vengriya TIV matbuot xizmatidan ta'kidlaşlariça, Ukrainada bir-biriga boğliq bölgan harakatlar seriyasi «Ta'lim töğrisida»gi qonundan boşlandi, Karpatorti Vengriya madaniyati jamiyati qarorgohiga hujumlar bilan davom etdi.
Vazirning sözlariga köra, Ukraina Yevropadan qöllab-quvvatlovni kutmoqda va şu bilan birga, milliy jamoalarga nisbatan qat'iy çoralar bilan «ortdan turib zarba bermoqda».
«Ukraina YeI va NATO bilan aloqalarni haqiqatdan ham mustahkamlaşni xohlayotgan davlat sifatida jiddiy qabul qilinişi mumkin emas», - deya xulosa qilgan u.












