Bill Geytsning aytişiça, "Siz va divan örtasida dollar heç qaçon uçib ötmaydi”. Darhaqiqat, muvaffaqiyatga erişiş yöli tinimsiz mehnatga boğliq ekani haqidagi nazariya boşqa zamonaviy milliarderlarning misollari bilan tasdiqlangan, çunki ularning aksariyati öz boyliklarini özlari işlab topişgan, meros orqali olişmagan. Va, şubhasiz, milliarderlar tomonidan bosib ötilgan yöl ularning yuzlarida öz izlarini qoldirdi.

AdMe dunyodagi eng badavlat kişilarning suratlariga nazar taşlaş, ular ulkan boylik egalari röyxatiga qöşilişdan oldin qanday körinişda bölganini köriş, şuningdek, bu milliarderlar haqida qiziqarli ma'lumotlarni olişni taklif etadi: ehtimol, ulardan birining tarjimai holi siz kutgan belgiga aylanar.

Jyeff Bezos, $ 120 mlrd

2017 yilda Amazon internet-dökonining asosçisi va egasi Jyeff Bezos dunyodagi eng boy odamga aylandi. Loyiha 1995 yilda garajda işga tuşirilgan, 4 yil içida esa kompaniyaning qiymati 6 milliard dollarga baholangan. Bezos internet-dökondan taşqari, The Washington Post naşriyot uyi egasi va Blue Origin aerokosmik kompaniyasining asosçisi hisoblanadi.

Qiziq faktlar:

  • Jyeff Bezos mijozlar va hamkorlar bilan birinçi iş uçraşuvlarini garaj yonida joylaşgan kitob dökonida ötkazgan.

  • Dunyodagi eng boy odamning kulgusi jahonda xuddi uning özi kabi maşhur. Işbilarmon muzokaralarda, suhbat çoğida kuladi, YouTube’da esa uning kulgulari jamlanmasi ham bor – uning tinglab kulib yubormaslikka harakat qilib köring.

 

Bill Geyts, $ 92 mlrd

Microsoft 1976 yilda röyxatga olingan, 10 yil ötib esa Bill Geyts özining birinçi milliardini işlab oldi. Ba'zi ma'lumotlarga köra, 2006 yilda uning daromadi daqiqasiga 6 659 dollarni taşkil etgan, ya'ni kuniga qariyb 10 million dollar.

Qiziq faktlar: