Eronda AQŞ dollarlarida import kelişuvlarini amalga oşiriş taqiqlandi. Bu haqda Press TV telekanali ma'lum qildi. 

Endilikda Eron bojxona idoralari hisob-kitoblarda dollar qöllangan deklaratsiya va mahsulotlar olib kirişga buyurtmalar bilan işlamaydilar.

Importçilar dollar örniga yevro yoki savdo olib boriladigan davlatlar milliy valyutalarini işlatişlari mumkin böladi. Eron markaziy bankining ta'kidlaşiça, dollar taqiqlanişi oqibatida xalqaro bitimlarda muammolar bölmaydi, çunki hozirda mamlakatda dollar taşqi savdo operatsiyalarining oz miqdorida qöllanadi. Bu haqda Forbes naşri xabar bermoqda. 

Naşrning ma'lum qilişiça, yevroning qöllanişi ikki marta valyuta ayirboşlaş zarurati tufayli importçilarning xarajatlarini köpaytirişi mumkin.

Dollar taqiqlanişining sabablaridan biri Eron milliy valyutasi – rialning qadrsizlanib borayotgani hisoblanadi. Yil boşidan Eron valyutasi 8 foizga qadrsizlaşgan, 2017 yilda ham uning kursi pasaygan. Dollarga import qilişning taqiqlanişi Eronda dollarga talabni kamaytirişi kerak.