Instagram ijtimoiy tarmoğida ovozli qönğiroq va videoqönğiroq funksiyalari paydo böladi, deb yozmoqda Techcrunch naşri.
Foydalanuvçilar Instagram’ning Android-versiyasida “qönğiroq” va “videoqönğiroq” fayllari va ikonkalarini aniqlaşgan. Videoqönğiroq ikonkasi paydo bölgani haqida yanvarda ma'lum qilingandi, biroq körinişiça, öşa vaqtda uşbu funksiya içki sinovdan ötayotgan bölgan.
Endi esa bu belgilar umumfoydalaniş fayllarida paydo bölgan. Şunday ekan, unda yangi funksiyalar paydo bölgani haqida yaqinda rasman e'lon qilinadi.
Biroq Instagram’da yangi funksiyalar paydo bölgani tasdiqlanmagan.
“Biz bunga izoh bera olmaymiz”, deb aytgan kompaniya vakili.












