Qozoğistonning BMTdagi doimiy vakili Qayrat Umarov yadro qurolini taqiqlaş töğrisidagi şartnomani imzoladi. Bu haqda mamlakat Taşqi işlar vazirligi xabar bergan.

Hujjat Nyu-Yorkda, Qozoğistonning BMTga kirganiga 26 yil tölgan kunda imzolandi.

«Qozoğiston Şartnoma matnini işlab çiqiş va qabul qilişda faol iştirok etdi, u yadroviy qurolsizlaniş tarixida yuridik jihatdan birinçi majburiy hujjatga aylandi. Uning asosiy bandlari Qozoğistonning prinsipial pozitsiyasiga mos keladi, u dunyoda törtinçi yadro arsenali egasidan yadroviy qurolsizlaniş va tarqatmaslik sohasidagi yetakçi mamlakatga aylaniş böyiça yölni bosib ötdi», - deya xabar berişgan idoradan.

TIVdan qayd etişlariça, bu qaror dunyodagi eng yirik ikkinçi yadro poligoni yopilişi, şuningdek, «Sovuq uruş yadroviy merosidan» voz keçiş tufayli amalga oşdi.

Şuningdek, vazirlikdan ta'kidlaşlariça, mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev qator yetakçi davlatlar qurolsizlanişni istamayotganiga qaramay, jahon hamjamiyatini yadro qurolidan voz keçişga çaqirişda davom etmoqda.