Amerikaning eng yirik riteylerlaridan biri hisoblangan Amazon Google tarkibiga kiruvçi Nest kompaniyasining yangi mahsulotlarini sotmasligini ma'lum qildi. Business Insider (BI) şu haqida xabar berdi. Uy uçun "aqlli" qurilmalar işlab çiqaruvçisi ham bunga javoban hamkorlikdan voz keçdi -  Amazon omborlarida Nest qurilmalari tugaşi bilan mavjud modellar sotuvdan olinadi.

Qaror Amazon rahbariyati tomonidan qabul qilingan va riteyler xaridorlari tomonidan yuqori baholanuvçi Nest mahsulotlari sifati bilan boğliq emas, dedi muzokaralar tafsilotlari bilan taniş bölgan BI. Nest xodimlari taşabbus töğridan-töğri Amazon rahbari Jyeff Bezosga tegişli, degan qarorga kelişdi, qöşimça qiladi u. 

Nest va Amazon bunga izoh berişdan boş tortdi. BI'da aniqlik kiritilişiça, Amazon'da "aqlli" uylar uçun tovarlar erkin sotilmoqda, Nest bilan boğliq qaror esa riteylerning uşbu bozorda Google'ga qarşi kuraşini kuçaytiriş istagi bilan boğliq bölişi mumkin.

Amazon va Google "uruş"i

Google Nest kompaniyasini 2012 yilda sotib olgan - uşbu kompaniya smartfon yoki Google Assistant yordamida boşqarilişi mumkin bölgan "aqlli" kameralar, termostatlar, tutun datçiklari va xavfsizlik tizimlarini işlab çiqaradi. Fevral oyi oxirida Amazon 1 milliard dollarga eşik videoqönğiroqlari va boşqa xavfsizlik tizimlarini işlab çiqaruvçi Ring kompaniyasini xarid qildi. 

Bundan taşqari, kompaniyalar yordamçilar bozorida ham raqobatlaşişadi - 2017 yilning ikkinçi yarmida Amazon Echo "aqlli" kolonkalar bozorining yarmidan köpini sotib olgan.

Amazon şuningdek Google'ning Google Home "aqlli" kolonkalari va Pixel smartfonlari kabi boşqa qurilmalarini ham sotmayapti, biroq boşqa kompaniyalarga Chromecast nusxalarini sotişga izn bermoqda. Google bir vaqtning özida Amazon'ga nisbatan sanksiyalarini joriy qildi - u Amazon Fire TV va Echo Show'ning YouTube ilovasini öçirib qöydi. Bu rasman riteyler tomonidan servisdan foydalaniş qoidalarining buzilişi bilan boğlandi.