Rossiyalik aktyor Ivan Oxlobistin Instagram’dagi öz sahifasida "Prostokvaşino" multfilmidan yangi seriyalar tasvirlangan kadrlarni e'lon qildi.
Rossiyaning "Soyuzmultfilm"i boşqaruvi raisi Yuliana Slaşçevaning juma kuni xabar berişiça, studiya 2018 yilning oxiriga qadar multfilm yangi 8-10 ta seriyasini çiqariş niyatida. 2018-2020 yillarda hammasi bölib 30 ta seriya yaratiladi.
Ma'lum bölişiça, yangi seriyalarda muşuk Matroskinga Mixail Yefremov, Şarik kuçugiga Garik Sukaçev, Fyodor amakiga esa Aleksey Onejyen ovoz beradi.
Multfilmda ikkita yangi personaj paydo böladi – Fyodor amakining singlisi Vera Pavlovna va noma'lum hayvon Tama-Tama.











