«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu Ispaniya çempionatining 27-turida «Xetafe»ga qarşi keçgan va 3:1 hisobidagi ğalaba bilan yakunlangan öyinda dubl qayd etdi.
Birinçi gol uning primera öyinlaridagi 300-goliga aylandi. U endi Ispaniya çempionati öyinlarida bu dovonni zabt etgan ikkinçi futbolçi. Ispaniya çempionatida avvalroq töp surişni boşlagan «Barselona» hujumçisi Lionel Messi 372 gol urib ulgurgan (408 öyinda).
Ronaldu 300 gol uçun 286 öyin ötkazdi, Messi bu natijaga 334 öyinda erişgandi.
Ronaldu joriy mavsumda 20 öyinda 15 gol urdi.
Ayni vaqtda Ispaniya çempionatining töpurarlari uçligini Telmo Sarra yakunlab turibdi, u 1940-1955 yillar mobaynida 251 gol urgan. Hozirda faoliyatini davom ettirayotgan futbolçilardan faqat bir futbolçi «Atletik» hujumçisi Arits Aduris 150dan ortiq gol urişga erişgan (154).












