AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy hukumatining davlat rahbari lavozimida ikki muddatga qoliş çeklovini bekor qiliş taşabbusini “ajoyib” deb atadi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.  

Trampga Xitoy raisi Si Tszinpinning bu boradagi ğoyasi ma'qul kelgan. “Endi u (Si Tszinpin) umrining oxirigaça rais bölib qoladi. Butun umrga rais. U ajoyib. Qarang, u buni qila oldi. Fikrimça, bu ajoyib ğoyadir. Balki, biz ham buni qaçondir qilib körarmiz”, deb aytgan Tramp Floridadagi tadbirda.

26 fevralda Xitoy kompartiyasi markaziy qömitasi mamlakat konstituttsiyasiga ba'zi özgartirişlarni kiritiş taklifini körib çiqdi. Butunxitoy xalq vakillari yiğinining mart oyida ötadigan sessiyasida bir kişiga Xitoy raisi lavozimini 2 muddatdan köproq egallaş imkoniyatini beruvçi tuzatmalar qabul qilinişi taxmin qilinmoqda. Bu amaldagi rais Si Tszinpinga 2023 yil, ya'ni ikkinçi muddati yakunlangandan keyin ham öz lavozimida qoliş imkonini beradi.