Keça Italiya «A» Seriyasida bölib ötişi közda tutilgan navbatdagi tur öyinlari boşqa kunga qoldirildi. Sababi, «Fiorentina» klubi bilan «Udineze»ga qarşi öyin uçun kelgan jamoa sardori Davide Astori Udinedagi mehmonxonada ölik holda topildi. 

Astori va bolalik
Davide Bergamoda yaqinidagi, Milandan salkam yuz kilometr masofadagi San Pelegrino şaharçasida tuğilgan. U öşa yerda futbolga ilk qadamlarini qöydi, töqqiz yoşida esa, qöşni Ponte San Petrodagi mahalliy jamoada şuğullana boşladi, keyinroq esa, «Milan» akademiyasidan joy oldi. Har kuni otasi uni maktabidan olib, Bergamogaça taşlab qöyar, bolakay öşa yerdan poyezdda Milanga yetib olardi. Yöl uçun har kuni borişga bir yarim soat, qaytişga ikki soat sarflaşga töğri kelardi. Astorining aytişiça, bu borada uning omadi kelgan. Şeriklari undan ham uzoqroqdan kelişga majbur bölişar ekan va ularning köpçiligi futbolni taşlab yuborişlariga töğri kelgan. 

Astori va «A Seriya»
2008 yilning yozida «Kalyari» klubi Astoriga tegişli huquqning yarmini tölab (1.2 million yevro) sotib oladi va 14 sentabr kuni «Siyena»ga qarşi öyinda himoyaçi A Seriyadagi debyutini nişonlaydi. Ligadagi ilk mavsumida yoş futbolçi 10 uçraşuvda maydonga tuşadi.

Kelasi mavsumda Astori asosiy tarkibning muhim futbolçilaridan biriga aylandi. Himoyaçi jami 34 öyinda maydonga tuşdi, «Kevo» va «Fiorentina» klublari darvozasiga gol urişga muvaffaq böldi. Albatta, bu mavsum milanliklarning e'tiboridan çetda qolmadi va klub Astorini öz tarkibiga qaytarişga urinib kördi. Ammo «Milan» vitse-prezidenti Adriano Galliani va «Kalyari» prezidenti Massimo Çellino örtasidagi zidiyatli munosabatlar tufayli kelişuv amalga oşmay qoldi. Buning ustiga, «Kalyari» futbolçining transferini töliq sotib olişning uddasidan çiqdi.

2012 yilda futbolçi Moskvaning «Spartak» klubi safidan joy olişi mumkin edi. Hatto Davidening özi ham bu transferga rozi bölgandi. Ruslar Astori uçun 15 million yevrodan voz keçişga tayyor bölgandilar. Ammo Çellino bu transferga ham rozi bölmadi va mavsum örtasida yetakçi futbolçidan ayrilişni istamadi. 2014/15 mavsumni esa, futbolçi «Roma» tarkibida ijara asosida ötkazdi va 24 öyinda maydonga tuşib, bir gol muallifi böldi.

2015 yilning avgustida «Fiorentina» himoyaçini keyinçalik sotib oliş huquqi bilan ijaraga oldi. Bir yil ötib, Astori tölaqonli «Fiorentina» a'zosiga aylandi. Ötgan yili Gonsalo Rodrigesning klubni tark etişidan keyin esa, Astori jamoaning sardoriga aylangandi.