Uchrashuvning 13-daqiqasida Destro hisobni ochgan bo‘lsa, 23-daqiqaga kelib Vlaxovich o‘z goli bilan hisobni tenglashtirdi.
O‘yinning 51-daqiqasida florensiyaliklar yarimhimoyachisi Frank Riberi A Seriyada ilk marta qo‘polligi bilan maydondan chetlatilgan bo‘lsa, O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov 83-daqiqada maydonga tushdi. Shunga qaramay, o‘yinda hisob o‘zgarmadi – 1:1.
Natijada «Jyenoa» 32 ochko bilan 13-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Fiorentina» 30 ochko bilan 14-o‘rinda qoldi.
A Seriya. 29-tur
Jyenoa – Fiorentina 1:1
Gollar: 1:0 – 13 Destro, 1:1 – 23 Vlaxovich.
Jyenoa – Perin, Biraski (Zayts, 62), Masello, Krishito, Dzappakosta, Strotman (Melegoni, 83), Radovanovich, Badel, Bexrami (Gilone, 70), Destro (Pyatsa, 70), Skamakka (Eldor Shomurodov, 83).
Fiorentina – Drongovski, Petsselya, Martines, Kaseres (Biragi, 71), Venuti, Pulgar, Bonaventura (Esserik, 71), Riberi, Kastrovilli (Kalexon, 83), Milenkovich, Vlaxovich.
Chetlatish: Riberi (51).











