Fransiyalik yarimhimoyaçisi Frank Riberi rasman «Fiorentina» klubi a'zosiga aylandi.
Florensiyaliklar klubi rasmiy saytida şu yil yozida «Bavariya»ni erkin agent sifatida tark etan 36 yoşli havbek bilan şartnoma imzolangani tasdiqlangan.
Bundan avvalroq, OAV Riberi «fialka» bilan ikki yillik şartnoma tuzişi haqida xabar bergandi. Futbolçi yangi klubida yiliga 4 million yevro miqdorida maoş oladi.
Yaqin vaqtlar içida «Fiorentina» futbolçining taniştiruv marosimini ötkazadi.

Riberining aytişiça, «Bavariya»ga u bilan bir vaqtda kelgan sobiq jamoadoşi Luka Toni uning ayni şu klubni tanlaşiga turtki bergan. Italiyalik sobiq hujumçi 2005-2007 va 2012-2013 yillarda «Fiorentina»da öynagan edi.
«Bu yerdaligimdan xursandman. Oilam bilan keldim. Ötgan hafta davomida «Fiorentina» bilan muzokara ötkazib, Luka Toni bilan ham maslahatlaşdim. U «Fiorentina»ni çiroyli şaharda joylaşgan ajoyib jamoa deb ta'rifladi», – deya Riberining sözlari keltirilgan jurnalist Janluka di Marsioning saytida.
Fransiyalik yulduz ertaga oqşomda yangi jamoasi bilan 2 yillik şartnomaga imzo çekadi.
Ma'lumot uçun, florensiyaliklar jamoasi ötgan mavsum A Seriyada 16-örinni olgan, Italiya Kubogida esa yarim finalgaça yetib borgandi.
2019 yil aprelida klubni ikki yil boşqargan murabbiy Stefano Pioli iste'foga çiqarilib, örniga Vinçenso Montella tayinlangan.












