Oxirgi marta 2018 yilning 26 dekabrida «Parma»ga yutqazgan (0:1) «Fiorentina» mağlubiyatsiz seriyasini hamon davom ettirmoqda. Florensiyaliklar A Seriyaning 25-turida «Inter» bilan irodali durang qayd etişdi.

«Artemio Franki» stadionidagi bahsning 1-daqiqasidayoq «neradzurri» himoyaçisi Stefan de Vrey öz darvozasini işğol etib qöydi. Ammo oradan beş daqiqa ötib, yarimhimoyaçi Matias Vesino jamoadoşining bu xatosini önglab, hisobni tenglaştirdi – 1:1. 40-daqiqada Politano gol urib, «Inter»ning hisobdagi ustunlik bilan tanaffusga yöl olişi ta'minladi. 52-daqiqada Perişiç mehmonlarning ustunligini yana oşirdi – 1:3. Ammo «Inter» uşbu ğalabani saqlab qola olmadi: 74-daqiqada florensiyaliklar hujumçisi Luis Muriel farqni qisqartirgan bölsa, öyinga qöşib berilgan 11-daqiqada Jordan Veretu hisobni tenglaştirdi – 3:3.

Uşbu durangdan söng hamşaharlar «Inter» va «Milan» örtasidagi farq 2 oçkoga qisqardi: Spalletti jamoasi uçinçi, Gattuzo jamoasi törtinçi örinda bormoqda. «Fiorentina» esa yangi yildan keyingi barça musobaqalar doirasidagi 8-öyinida ham mağlubiyatga uçramadi, jamoa bu bahslarda törttadan durang va ğalaba qayd etdi. A Seriya jadvalida Stefano Pioli şogirdlari 9-örinda borişmoqda.

Italiya çempionati, 25-tur
Fiorentina – Inter 3:3 (1:2, 2:1)
Gollar: 1:0 – 1, avtogol de Vrey, 1:1 – 6 Vesino, 1:2 – 40 Politano, 1:3 – 52, penalti Perişiç, 2:3 – 74 Muriel, 3:3 – 90+11, penalti Veretu.
Inter – Xandanoviç, D`Ambrozio, de Vrey, Şkrinyar, Dalbert (Asamoa, 62), Vesino, Brozoviç, Politano (Kandreva, 77), Nainggolan (Valero, 89), Perişiç, Martines.
Ogohlantirişlar: Nainggolan (57), Şkrinyar (64), Politano (71), Lafon (87), Brozoviç (89), Dabo (90+12).