Serviqor toğlar har doim insonlarni öziga jalb qilib kelgan. Qançalik fojiali bölmasin, toğlarning çöqqilarini zabt etişga yöl olgan barça insonlar ham ortiga qaytavermaydi. Ba'zilar bunday qahramonlikka da'vo qiluvçilarni ogohlantirgandek ana şu çöqqilarda abadiy qolib ketadi.

Toğ çöqqilari har yili önlab kişilarning halokatiga sabab böladi. Sel oqimlari natijasidagi köçkilar va qor köçkilari, böron va kuçli şamollar - aftidan tabiatning özi odamlar uning ulkan toşlarini bezovta qilişlarini istamaydigan körinadi. Biroq şunda ham navbatdagi çöqqiga çiqişni xohlovçilar soni kamaygani yöq. Don'tPanic dunyoning eng xavfli toğ çöqqilari önligi töğrisidagi ma'lumotlari bilan bölişdi.

Everest\Foto: Don'tPanic

Everest

Joylaşuv: Nepal, Xitoy. Himolay

Balandligi: 8 848 metr

Everest – bu zamonaviy Golgofa. Jasorat bilan muzdek toğ çöqqisi tomon kötarilişga qaror qilgan har bir inson orqaga qaytiş imkoni bölmasligi ham mumkinligini yaxşi biladi. Bu haqida orqaga qaytiş nasib etmaganlarning jasadi eslatib turadi. Everest çöqqisiga kötarilgan 7 mingdan ziyod odamdan rasman 250 kişi halok bölgan. Foizli nisbatda oladigan bölsak, bu raqamlar u qadar katta emas, biroq toğ çöqqisi tomon kötarilayotib, özining jasoratiga işonganlarning jasadiga közingiz tuşganida statistika tinçlantira olmaydi.

Annapurna\Foto: Don'tPanic

Annapurna

Joylaşuv: Nepal. Himolay

Balandligi: 8 091 metr

Amerikalik alpinist Ed Vitusning sözlari Annapurna uçun eng yaxşi ta'rif böla oladi: "Annapurna butunlay muz bilan qoplangan xavfdir. Muzli "ösimtalar"ga ega bir katta muz bölagi misoli. Muammo keyingi muz bölagining qaysi tomonga boşlaşida - oldingami yoki orqaga". Çöqqini zabt etişni istagan alpinistlarning 40 foizi uning yonbağirlarida qolib ketadi.