Saddam Husaynning katta qizi Rajad öz manfaatlarini xalqaro sudlarda himoya qiliş istagida. Uning mol-mulki Iroq hukumati qarori bilan musodara qilingan edi. Bu haqda u Shafaq News portaliga xabar qildi.
"Biz xalqaro sudlarga murojat qilamiz. Yevropa advokatlari xizmatidan foydalanamiz... va amaldagi hukumat tomonidan Iroqning sobiq prezidenti farzandlariga nisbatan noqonuniy qabul qilinayotgan çoralarga qarşi arizalar topşiramiz", - degan Rajad. Uning fikriça, yangi sanksiyalar siyosiy kuçlarning may oyida bölajak parlament saylovlaridan avval maşhurligini oşiriş bilan izohlaş mumkin.
Iroq hukumati komissiyasi 4 ming 257 kişining ism-şarifi qayd etilgan röyxatni tayyorlagan. Unga Saddam Husayndan taşqari, uning farzandlari, nevaralari, boşqa qarindoşlari, Iroq viloyatlarining qator sobiq hokimlari, davlat xavfsizligi, qurolli kuçlar ofitserlari, prezidentning şaxsiy tansoqçilari, 2003 yili tarqatib yuborilgan Arab sotsialistik tiklaniş partiyasi (BAAS) a'zolari kiritilgan.
Musodara qilinadigan köçar va köçmas mol-mulk moliya vazirligi boşqaruviga beriladi, Vazirlar kengaşi esa, aktivlarning keyingi taqdirini hal qiladi.









