«GULSHANA TEKSTIL INVEST» MChJ Xitoyning dunyoga mashhur brendi JUITA kompaniyasining sanoat korxonalari uchun mo‘ljallangan tikuv dastgohlari va ehtiyot qismlarini O‘zbekistonga yetkazib beruvchi rasmiy dileri sanaladi.
JUITA kompaniyasi o‘zining yapon texnologiyasi asosida ishlab chiqariladigan, yuqori sifatga ega tikuv uskunalari bilan dunyoda nom qozongan. U Xitoyda 100dan ortiq, dunyo bo‘yicha esa 50dan ortiq rasmiy dilerlariga ega. Uning mahsulotlaridan dunyoning 200dan ortiq sanoat korxonalari foydalanib kelmoqda. Aytish joizki, juda ko‘plab sifatli kiyim-bosh va boshqa tikuvchilik mahsulotlari aynan JUITA dastgohlarida tayyorlanadi.

«GULSHANA TEKSTIL INVEST» 2008 yildan beri JUITA dastgohlarini O‘zbekiston korxonalariga yetkazib berish, o‘rnatish va servis xizmatini ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Barcha dastgohlarga 1 yil kafolat muddati beriladi. To‘lov siz istagan shaklda amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, uskunalarni kreditga olish imkoniyatlari ham bor.





JUITA dastgohlarining narxi O‘zbekistonga keltiriladigan shunga o‘xshash boshqa uskunalardan o‘rtachaligi bilan farq qiladi. Ammo, mijoz yakunda o‘ziga ma'qul narxlarda yuqori sifatli dastgohlarga ega bo‘ladi.














