Joriy yilning may oyida Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyip Erdöğanning Özbekistonga ikki kunlik taşrifi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi ma'lum qildi.
«Ayni paytda taşrif tafsilotlari oşkor etilmaydi. Prezident Erdöğanning Özbekistonga ikki kunlik taşrifi may oyida ötkazilişi nazarda tutilgan bölib, uşbu masala rejaga kiritilgan», deyiladi manba xabarida.
Ma'lumot uçun, 2016 yil noyabr oyida Samarqandga taşrif buyurgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdöğan «ikki xalq örtasidagi munosabatlar tarixida yangi sahifa» oçilgani haqida söz yuritgandi. 2017 yil 25-26 oktabr kunlari esa Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rasmiy taşrif bilan Anqara va Istanbul şaharlarida böldi. Unda ikki davlat rahbarlari munosabatlarni yangi Strategik hamkorlik darajasiga olib çiqişga kömaklaşuvçi Qöşma bayonotni imzolagandi.












