Şarqiy Ğutada röy bergan navbatdagi kimyoviy hujum oqibatida kamida 30 kişi jabrlandi, ular orasida ayollar va bolalar ham bor. Bu haqda Anadolu Damaşq atrofidagi aholi punkti fuqarolik mudofaasi boşqarmasiga asosan xabar berdi.

Ta'kidlanişiça, hodisa Xamuriya şahri atrofida 5 mart kuni yuz berdi. Zaharli gazdan nafaqat ayollar va bolalar, balki ikki nafar qutqaruvçi ham jabrlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq BMTda Şarqiy Ğutada Suriya hukumat kuçlari harbiy amaliyotni boşlagandan keyin neça kişi halok bölgani va jarohatlangani hisoblab çiqilgandi. BMT ma'lumotlariga köra, 18 fevralda boşlangan jangovar harakatlar natijasida 2 hafta içida 600 ga yaqin kişi halok bölgan, 2 ming kişi yaralangan.