Nyu-York Britaniyaning Solsberisida Sergey Skripal va uning qizi zaharlangani kabi kimyoviy qurol qöllagan holda hujumlar sodir etilişiga tayyorgarlik körmoqda. 

Ma'lum qilinişiça, Nyu-York politsiyasining terrorçilikka qarşi kuraş bölimi boşliği örinbosari Jon Miller biologik qurol yoki zaharlovçi moddalar qöllaş bilan hujum qilinişi mumkinligi bilan boğliq holda xavotir uyğotgan obektlar adreslari töplanganini ma'lum qilgan. Şuningdek, politsiya Federal qidiruvlar byurosi bilan birgalikda Rossiyaning amaldagi rahbariyatini tanqid qiluvçi şaxslar, jumladan sobiq rossiyaliklarga hujum qilinişi mumkinligi sababli ularning röyxatini tayyorlamoqda.  

Miller britaniyalik hamkasblar bilan bu masalalar böyiça yaqindan hamkorlik qilinayotganini qöşimça qilgan. Uning ma'lum qilişiça, politsiya biologik va kimyoviy hujumlarni qaytariş böyiça bir qator ştab va dala maşğulotlari ötkazgan.
 
Miller buni AQŞ maxsus xizmatlarining BMT Boş assambleyasi sessiyasi ötkazilişiga tayyorgarligiga bağişlangan maxsus brifingda ma'lum qilgan.

Nyu-York politsiyasi boşliği Jyeyms ÖNill “ayni vaqtda Boş assambleya sessiyasi va Nyu-York şahri uçun terrorçilik xavflari yöqligini” ta'kidlab ötgan.