Saudiya Arabistoni tarixida birinçi marta ayollar marafoni ötkazildi. Arabian Business şu haqida xabar berdi.
Manbaga köra, iştirokçi ayollarning aksariyati an'anaviy islomiy libosda bölişgan. Mazkur marafonni ötkazişdan maqsad - Saudiya Arabistonida yuguriş sport turi va soğlom turmuş tarzini ommalaştiriş.
Şuningdek ma'lum qilinişiça, fevral oyida mamlakatning ba'zi fuqarolari ayollar marafoni yöqligi munosabati bilan norozilik namoyişi ötkazgani uçun ham hukumat şunday yöl tutişga majbur bölgan.
Ayollar marafoni Al-Asxa dahasida bölib ötdi. Keyingi ayollar marafonini 2018 yilning 6 aprelida Makkada taşkil qiliş rejalaştirilmoqda.












