Turkiyadagi sud harbiy-dengiz kuçlarining 65 nafar zobitini umrbod ozodlikdan mahrum etiş haqida qaror çiqardi. Ular 2016 yildagi davlat töntarişiga urinişda ayblangandi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, 18 nafar zobitga oddiy umrbod ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan bölsa, 47 nafari – saqlaş şaroitlari ança qattiq bölişni nazarda tutuvçi umrbod qamoqqa mahkum etildi.
Turkiyada bir guruh askarlar va zobitlar 2016 yilning 16 iyuliga ötar keçasi davlat töntarişiga urinişni amalga oşirdi. Istanbul va Anqarada röy bergan töqnaşuvlar natijasida 249 kişi halok böldi, 2 mingdan ortiq odam jabrlandi.












