Örta yer dengizida muhojirlar kemasining falokatga uçraşi oqibatida 20 dan köproq kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda, 160 dan köproq odamni qutqarişga muvaffaq bölingan. Bu haqda Xalqaro migratsiya taşkiloti vakili Flavio di Jakomo ma'lum qildi. 

“Dengizda 21 muhojir, jumladan 4 ayol va 17 erkak yöqolgani tasdiqlandi, ularning barçasi Ğarbiy Afrikadan bölgan”, deb yozgan Jakomo tvitterda.

Uning aytişiça, Örta yer dengizida 6 mart kuni Liviya sohilböyi qöriqlaş xizmati boşqa kemadagi 130 dan köproq kişini qutqarib qolgan.

“Aquarius falokatga uçraşi oqibatida omon qolgan 30 kişi bilan birga Potstsalloga 42 muhojir yetkazildi: ular bortida 130 kişi bölgan boşqa kemada bölganlar”, deb ta'kidlab ötgan Jakomo.  

Jakomoning ma'lum qilişiça, qöriqlaş xizmati ikkinçi qayiqdan 90 kişini Liviyaga yetkazgan.

Xalqaro migratsiya taşkiloti ma'lumotlariga köra, 2017 yilda Yevropaga dengiz orqali 171 ming kişi yetib kelgan, 3116 kişi dengizni keçib ötiş vaqtida halok bölgan.