Hazrati Payğambar alayhissalom şunday dedilar: «Har bir tuğilajak bola fitratda tuğiladi. Ammo uni nasroniy, majusiy yoki yahudiy qiladigan uning ota-onasidir». Demak, har bir bola fitratda tuğiladi. Biz bu hadisni kengroq tuşunişimiz lozim. Fitrat nima? Bu – sof tabiat. Yoş bolada ana öşa soflik, beğuborlik bor. Unda mavhum qörquvlar yöq. Agar razm solsangiz, yoş bolada qörquv bölmaydi, aldov bölmaydi, ayyorlik bölmaydi, firibgarlik bölmaydi. Bola faqat rostini gapiradi, yolğon gapirmaydi, yuz-xotir qilmaydi, biror aybni körsa, otasiga ham aytaveradi. Çunki u hali andişa qilmaydi, u hali mukallaf emas, u şaffof, xuddi közguga öxşab, borini körsatadi. Şuning uçun, hali unda qörquv bölmagani uçun tepalarga çiqaman deydi, olovga boraman deydi, suvga tuşaman deydi.
Ana şunday pokiza, xolis, toza vijdonli bolani qörqoq qiladigan, yolğonçi, muttaham, firibgar qiladigan ham ota-onadir, atrof-muhitdir. Xuddi şuningdek, uni sodiq mömin-musulmon qiladigan, halol qiladigan, yaxşi inson qiladigan ham uning ota-onasi böladi, yoki ota-onasining örnidagi ustozi yoki homiysi, valiysi böladi.
Alloh taolo xohlasa, har bir insonni ota-onasiz ham dunyoga keltirgan bölar edi, lekin Özigagina ma'lum hikmat ila bizni dunyoga kelişimizni ular orqali qilib qöydi. Bu dunyodan ketar ekanmiz, oxiratdagi maqomimizni belgilaşning yölini ham ular orqali qilib qöydi. Ular rozi bölsalar, biz Allohni rozi qila olamiz, ular norozi bölsalar, Allohni rozi qila olmaymiz. Alloh taolo Özining rizosini ota-onani rizosiga boğlab qöydi. Allohni rizosi otaning rizosida, Allohning qahri otaning qahridadir. Ota rozi – Xudo rozi degan gap şundan olingan. Ota norozi bölsa, Alloh norozi böladi. Bu ikki insonni ota-onalik darajasidan heç kim tuşira olmaydi, ota-ona kofir, muşrik bölgan taqdirda ham farzandidan yoki yoşlardan yaxşi muomala köriş haqqiga doim ega bölib qolaveradi.
Farzandning dunyoda kim bölişi, oxiratda kim bölişi ham ota-onaning unga körsatgan ta'siriga boğliq böladi. Bu ta'sir bir neça yöllardan – fitriy hamda kasbiy yöllardan iboratdir. Fitriy yöl – ota-onaning qoni bilan ötadigan ma'lumotlar, onaning suti bilan ötadigan irsiy belgilardir. Firibgar öz-özidan firibgar bölib qolmas ekan, birodarlar. Firibgarlik ba'zan qonda ham bölar ekan. Bunday yomon xulq, badfe'llik qonda ham böladi. Ba'zan qoni toza bölmay, zoti toza bölmay, firibgarlarga uçraganda ta'sirlanişi oson böladi. Buning eng oxirgi körinişi esa mutlaqo iymonsizlik, yomon tarbiya körganlik evaziga sodir böladi. Xullas, inson öz-özidan firibgar bölib qolmas ekan. Bir firibgarni isloh qiliş uçun, uni muolaja qiliş uçun uni har tomonlama suriştirmoğimiz, hatto kerak bölsa, zotini ham örganmoğimiz kerak böladi.











