Mazda Vision Coupe prototipi Jyeneva avtosaloni doirasida ötgan Car Design Night tadbirida yilning eng yaxşi kontsept-kari deb ataldi. Yapon markasining prototipi 2017 yil noyabrda Tokiodagi motorşouda ilk bor taqdim qilingan.

Ğolib 18 kişidan iborat hakamlar hay'ati tomonidan aniqlandi. Hay'atga dunyoning yirik avtomobilsozlik kompaniyalarining dizaynerlik bölimlari boşliqlari kirgan. 

Bu Mazda Vision Coupe olayotgan birinçi mukofot emas. Yanvar oxirida maşina Parijdagi avtomobil festivalida 2017 yilning eng çiroyli kontsept-kari deb topilgandi.

Foto: Mazda Vision Coupe

Mazda Vision Coupe 4 eşikli, 21 dyuymli ğildiraklarga ega kupe bölib, uning salonida çarm va yoğoç qöllangan. Markaziy konsolning yuqori qismini dispey egallaydi. Maşinaning texnik körsatkiçlari haqida heç qanday ma'lumot yöq.  

Foto: Mazda Vision Coupe