Singapurning ST Kinetics qurol işlab çiqaruvçi kompaniyasi öqotar qurol bilan jihozlanuvçi uçuvçisiz uçar qurilmalar qatorini yaratişni boşladi. Kompaniya uşbu dronlar ustidagi işlarni Singapur hukumati uçun amalga oşirmoqda. Rejalarga köra, bunday hujumkor dronlar politsiyaçilarga terrorçilarga qarşi kuraşda yordam beradi.
Taxmin qilinişiça, qurilmalar öqotar qurol bilan jihozlangan kiçik dronlar böladi. Ayni vaqtda bunday texnika deyarli işlab çiqarilmaydi – harbiylar katta ölçamdagi dronlarni afzal qörişadi va ularga asosan raketa-bomba qurollari qöyiladi.
Kompaniya loyiha doirasida yaratadigan ilk qurilma 8 vintli Stinger multikopteri böladi. Qurilma teplovizor, yuqori aniqlikdagi videokamera va kalibri 5,56 millimetr bölgan, öqdoni 100 ta öqqa möljallangan Ultimax 100 Mk.8 pulemyoti bilan jihozlanadi. Dron töliq jangovar ta'minlangan holda 30 daqiqaça parvoz qiladi.
Bunday dronlar politsiya bölinmalariga zarba beruvçi kömak körsata oladi. U samarali böladi, çunki köplab jinoyatçilar dronlarga qarşi zamonaviy qurolga ega emas.












