NATOning Yevropadagi kuçlari boş qömondoni, amerikalik general Kertis Skaparottining ma'lum qilişiça, Yevropadagi Amerika kontingenti 2025 yilga kelib Rossiya ustidan harbiy ustunlikni qöldan boy berişi mumkin. Bu haqda u Defense One naşriga aytib ötgan.
«Rossiya armiyasi qanday tezlikda modernizatsiya qilinayotgani e'tiborga olinsa, biz ham öz qöşinlarimizni modernizatsiya qilişimiz lozim ekani tuşunarli böladi. Bu biz hozir özimizda bölgan mintaqalarda yetakçi pozitsiyada turişimiz uçun kerak. Agarda buni uddalay olmasak, unda, öylaşimça, ular 2025 yilga kelib barça sohalarda bizning ustunligimizni yöqqa çiqarişi mumkin», - deya aytib ötdi Skaparotti.
Şuningdek, general Arktikadagi dengiz yöllarini nazorat qilişda Rossiya ma'lum bir muvaffaqiyatlarga erişganini ta'kidlab ötdi. Uning fikriça, Moskva kerak bölgan taqdirda Şimoliy dengiz yölini ikki-uç yilda öz nazorati ostiga olişi mumkin ekan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Markaziy Osiyo yetakçilariga bosim ötkazişi xabar qilingandi.












