«PSJ» hujumçisi Neymar Parij klubidagi holatidan norozi bölmoqda. Bu haqda El Mundo Deportivo naşri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga köra, braziliyalik futbolçi «Barselona» klubi rahbarlariga Kataloniya klubiga qaytiş istagida ekanini ma'lum qilgan. Neymar «PSJ»ga ötganidan afsusda va buni «Barsa» rahbarlariga tuşuntirişga uringan.
Qayd qilinişiça, u Liga 1 musobaqalarining saviyasi La-ligaga nisbatan pastligini bilib turgan bölsada, «PSJ» taklif qilgan moliyaviy şartlar sabab ketişga qaror qilgan. Endilikda futbolçi Messining soyasida qolib ketmaslik maqsadida qilgan qaroridan afsuslanmoqda.
Neymar qaytiş niyatini oçiqçasiga ma'lum qilgan va buning uçun nima qiliş lozimligini ham aniqlab olgan. Transfer 2018 yilda amalga oşmasligi aniq. Agar futbolçi haqiqatan ham jamoaga qaytişni istasa bu transfer 2019 yilda amalga oşişi mumkin.
Şu bilan birga «Barselona» rahbariyati bu savdoning amalga oşiriş töğri yoki notöğriligi masalasini hozirça muhokama qilgani yöq.












