AQŞ sobiq prezidenti Barak Obama Amerikaning Netflix köngiloçar kompaniyasi bilan öz şousini efirga uzatiş töğrisida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda New York Times öz manbalariga asosan xabar bermoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, Obama muzokaralarni öz rafiqasi Mişel bilan birgalikda olib boryapti. 

Xabar qilinişiça, Netflix Obama va uning turmuş örtoğiga eksklyuziv şou uçun pul tölaşga tayyor, faqat uşbu şou kompaniyaning strimingli servisida taqdim etiladi (ayni damda unga butun dunyo böylab 118 mln kişi obuna bölgan). Şou epizodlari soni va şakli hozirça tanlanmadi.

Ma'lum bölişiça, Obama öz şousidan AQŞ amaldagi prezidenti Donald Trampning siyosatini tanqid qiliş uçun foydalanmoqçi emas. Naşrdan ta'kidlaşlariça, sobiq prezident öz şousini «ilhom beruvçi voqealarga» bağişlamoqçi.