Bugun, 8 mart kuni Praga şahrida Çexiya Respublikasi prezidentligiga ikkinçi muddatga saylangan Miloş Zemanning inauguratsiya marosimi ötkazildi. Marosim milliy parlamentning quyi va yuqori palatalari qöşma yiğilişiida bölib ötdi. Köhna imperatorlik saroyidagi Vladislav zalida keçgan marosimda siyosatçilar, fan va madaniyat xodimlari, hamda xorijlik mehmonlar iştirok etişdi.
«Çexiya Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilişga qasamyod qilaman. Çex xalqi manfaatlari yölida vazifamni bajaraman», degan u mamlakat konstitutsiyasiga qölini qöyib.
Zeman fevral oyi oxirida keçgan prezidentlik saylovida 51,36 foiz ovoz olib (asosiy raqibi Irji Dragoş 48,46 foiz), yana 5 yil Çexiya rahbariga aylangandi.
Zeman Vatslav Gavel va Vatslav Klausdan keyingi, Çexiyaning uçinçi prezidenti hisoblanadi. U mamlakatni 2013 yildan buyon boşqarib kelmoqda.
Mahalliy naşrlar xabariga köra, u aprel oyida Slovakiyaga taşrif buyuradi. U şuningdek, Polşa, Germaniya, Avstriya va Vengriyaga borişni rejalaştirgan.
Miloş Zeman taşqi siyosatda Rossiya bilan hamkorlikni kuçaytirişga urğu qaratadi. U şuningdek, Xitoy bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlab bormoqda.













