“Baxt ulaş” nomli köngillilar jamoasi 8-mart ayyomida, mö'tabar va aziz opa-singillarimizni tabriklaş uçun Sirdaryo viloyati Yangiyer şahridagi «Muruvvat» nogiron ayollar internat uyiga borişdi. Mehmonlar şifokorlar jamoasi tomonidan yaxşi kayfiyatda kutib olindi. 

Muruvvat uyi direktori Nafisa Şaripova taşrif buyuruvçilarga maskan haqida batafsil ma'lumot berib ötdi. Unga köra, internat uyida respublikaning turli burçaklaridan kelgan beş xil millatga mansub, 18 - 80 yoşdagi 143 bemor davolanadi. Bugungi kunda uşbu bemorlarga 120dan ortiq xodim xizmat körsatmoqda. 

Viloyat hokimligi tomonidan muruvvat uyida kutubxona taşkil etilgan bölib, uning fondi yetarli adabiyotlar bilan ta'minlangan. Viloyatdagi homiylar tomonidan «Muruvvat» nogiron ayollar internat uyiga tez-tez moliyaviy yordam berib turiladi. Şuning uçun moddiy-texnik baza davlat standartiga javob beradi. 

“Baxt ulaş” jamoasi tomonidan muruvvat uyiga ayollar xalatlari, şaxsiy gigiyena vositalari va boşqa bayram sovğalari topşirildi.