“Özstandart” agentligida Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE) taşabbusi bilan MAGATEning texnik hamkorlik dasturlari böyiça menejyeri Kristof Samba Xenrix va MAGATE yadroviy yoqilği sikli va çiqindilar texnologiyasi böyiça ekspert Umar Salixbayev bilan uçraşuv bölib ötdi, deb xabar qilmoqda agentlik axborot xizmati.
Uşbu uçraşuvda “Özstandart” agentligi tomonidan özaro hamkorlikni kengaytiriş, şu jumladan 2018-2019 yillarga möljallangan texnik hamkorlik loyihasi MAGATE UZB6015 «Özbekiston Respublikasida dozimetrli ikkilamçi etalonli laboratoriyani taşkil etiş» (Establishing the Secondary Standards Dosimetry Laboratory) doirasida qiziqiş bildirildi.
Uşbu loyiha doirasida Özbekiston milliy metrologiya instituti dozimetrik laboratoriyasini rentgen va gamma nurlanişli etalonlar bilan jihozlantiriş, şu bilan birga mutaxassislar malakasini oşiriş, öqitiş (amaliyot ötaş) va xalqaro davlatlar yetakçi metrologiya taşkilotlarining ilmiy seminarlarida qatnaşiş közda tutilgan. Loyihani amalda qöllaş natijasida foydali qazilmalar işlab çiqariş, mehnat xavfsizligi va soğliqni saqlaş sohasida qöllaniladigan ionlovçi nurlanişli ölçaş vositalarining yangi qiyoslaş va kalibrlaş usullari tadqiq etiladi.
Kristof Samba Xenrix turli yönalişlarda Xalqaro atom energetikasi agentligi va “Özstandart” agentligi örtasida özaro hamkorlikni kengaytiriş böyiça tayyorligini bildirdi.
Uçraşuv davomida barça yönalişlarda fikr almaşildi va kerakli şartnoma hamda bitimlarni qayta şakllantirib imzolaş böyiça qaror qabul qilindi.












