Kelgusi yildan boşlab Özbekistonda atrof-muhit ifloslanişiga yöl qöymaslik maqsadida sellofan paketlardan foydalanişni kamaytirişga qaratilgan qator çeklovlar joriy etilişi mumkin. Tegişli qaror loyihasi Davlat Ekologiya qömitasi tomonidan tayyorlandi va muhokamaga qöyildi.

Hujjatga köra, 2019 yil 1 yanvardan boşlab Özbekistonning barça savdo nuqtalarida polimer qatlamdan tayyorlangan paketlarni bepul beriş yoki sotiladigan tovarlar narxiga qöşiş taqiqlanadi. Dökonlarda paketlar alohida mahsulotga aylanadi, bu Rossiya, Qirğiziston va köplab xorijiy mamlakatlarda bölgani kabi köriniş oladi. Bundan taşqari, 2019 yildan boşlab paketlarni tannarxidan arzonga sotiş taqiqlanişi mumkin.

2019 yil 1 yanvardan savdo sohasida tovarlarni soliş uçun qalinligi 15 mikrondan kam bölgan va hajmi 5 litrdan kam bölgan polimer qatlamdan paketlarni işlab çiqariş va Özbekiston hududiga olib kiriş taqiqlanadi.

Loyihada ta'kidlanişiça, 2019 yil 1 yanvardan barça paket işlab çiqaruvçilar va buyurtmaçilarga paketlarga savdo nuqtalari nazorat-kassa maşinalari skanerlari tomonidan öqilişi uçun maxsus kodlarni joylaştiriş talabi qöyiladi. Soliq va bojxona organlariga bu boradagi talablarni bajariş ustidan qat'iy nazorat örnatiş vazifasi topşirildi.

Qaror loyihasi hozirça muhokama bosqiçida. Fuqarolar bu borada öz takliflari va fikrlarini bildirişlari mumkin.