Şu yilning mart oyida belgilangan Özbekiston U-23 terma jamoasining Saudiya Arabistoniga qarşi ikkita örtoqlik öyini bekor qilindi. Bu haqda ÖFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaning yozişiça, endilikda Özbekiston U-23 terma jamoasi mart oyida Saudiya Arabistoni örniga Keniya U-23 terma jamoasiga qarşi bahs olib boradigan böldi.

Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov öyinlarning bekor bölişini Saudiya Arabistoni vakillarining kuçsiz ekani bilan izohlagan.

«Ravşan Haydarov boşçiligidagi terma jamoa oldiga Tokioda böladigan Olimpiadaga yöllanma oliş vazifasi qöyilgan. Şu sababli ular Olimpiya öyinlari saralaşiga jiddiy tayyorgarlik körişi uçun kuçliroq raqib bilan örtoqlik öyini ötkazişi maqsadga muvofiq bölar edi. Saudiya Arabistoniga hurmat saqlagan holda şuni ta'kidlaş kerakki, uşbu terma jamoa Osiyo vakili. Özbekiston Olimpiya terma jamoasi esa Osiyoda tengsiz ekanini Xitoydagi musobaqada isbotlab böldi.

Şu sababdan Özbekiston futbol Assotsiatsiyasi Özbekiston uçun kuçliroq raqib topiş böyiça muzokaralarni davom ettirdi va Afrikaning kuçli terma jamoalaridan biri bölgan Keniya U-23 terma jamoasi bilan örtoqlik öyini ötkaziş böyiça kelişuvga erişdi.

Afrika terma jamoalari jismoniy jihatdan ança baquvvat va kuçli raqib hisoblanişadi, qolaversa, öz oldiga Tokio Olimpiadasiga yöllanma oliş vazifasini qöygan Özbekiston uçun ham bu terma jamoa bilan öyin ötkaziş ança qiziqarli va foydali böladi.

23 mart kuni Andijonda, 26 mart kuni esa Farğonada Ravşan Haydarov boşçiligidagi Özbekiston U-23 keniyalik tengdoşlariga qarşi bahs olib borişadi. Har ikki öyinning boşlanişini muxlislar uçun qulay bölgan vaqt - soat 20:00ga belgiladik», - deya Ahmadjonovning sözlarini keltiradi ÖFA rasmiy sayti.