Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 9 mart kuni Tojikiston Respublikasiga taşrif buyurdi. Mazkur taşrif amaliy jihatdan har ikkala mamlakat uçun har tomonlama imkoniyat eşiklari oçilişiga turtki bölişi kutilmoqda. KUN.UZ tahririyati mazkur tarixiy voqea munosabati bilan huquqşunos, xalqaro ekologiya, inson va tabiat xavfsizligi fanlari akademiyasi a'zosi Anvarmirzo Xusaynov bilan Tojikistonda qurilayotgan Roğun GESi loyihasi borasida suhbatlaşdi. Olim mintaqadagi muammolarni hal etiş, xususan, Orolni saqlab qolişga qaratilgan loyihasi haqida sözlab berdi.

Anvarmirzo Xusaynov

—  Qadimdan özbek va tojik millatlari haqida ajoyib bir naql yuradi: «Ikki tilda sözlaşuvçi bir xalq». Bu ikki millatning qardoşligi jahon tarixida kamdan-kam uçraydigan misoldir. Bugun Samarqandda Alişer Navoiy va Abdurahmon Jomiyning haykali qad rostlamoqda. Bu qadimiy Samarqandni bezaydi, ikki millat qadrdonligini mustahkamlaydi. 

Roğun GESi mavzusiga töxtalib ötadigan bölsam, bu loyihaga boşida berilgan baho notöğri bölgan. Boşida eng baland toğ çöqqisida bu GES qurilsa, unda 10 mlrd kub suv yiğilsa, erta-indin, Xudo körsatmasin zilzila bölsa, Tojikiston va Özbekiston şaharlari suv ostida qoladi degan fikrga töxtalinar edi. Mana şuning natijasida ikki davlat örtasidagi munosabatlar sovuqlaşdi, çegaralar yopildi, devorlar tortildi. 

XXI asr zamonaviy ilm-texnikasi nuqtai nazaridan olib qaraydigan bölsak, bunday qörquvlarga asos yöq. Bu loyihaga pul ajratgan xalqaro taşkilotlar GESning xavfsizligini, albatta, inobatga olişgan. Agar suv ombori mustahkam qilib qurilsa, u 9 balli zilzilaga ham çidaşi mumkin. Bunga Markaziy Osiyo davlatlari miqyosida qurilgan va foydalanilayotganiga 30-40 yillab vaqt bölgan suv omborlarini misol qilib keltirsa böladi.

Gap şundaki, mana şu vaziyatdan foydalangan çetdagi kuçlar bor e'tiborni şunga qaratdi. Natijada, ikki davlat örtasidagi munosabatlar sovuqlaşdi. Bugunga kelib, biz – olimlar jamoasi mana şu Roğun GESi orqali Markaziy Osiyodagi davlatlarda uçraydigan suv muammosini hal etiş loyihasini yaratdik. Bu GESning qurilişi Amudaryo qirğoqlarida joylaşgan törtta davlat – Özbekiston, Tojikiston, Afğoniston va Turkmaniston uçun öta manfaatlidir. 

Bugun biz Roğun GES qurilişini qöllab-quvvatlaymiz. Menimça, davlat rahbarining fikri şunga yaqin va yoki aynan şunday. Bugungi kunda Tojikiston hukumatining katta boş oğriği bor. Roğun GESi 2020 yilda foydalanişga topşirilişi möljallangan. Hozir quriliş ketyapti. Suv omborining baland joyi 135 metr böladi, keyinçalik bu körsatkiçni 335 metrgaça kötariş möljallangan.