Xalqimizda “Olis yöl otni sinar, oğir yöl mardni sinar”, “Hunar bilgan oç qolmas, yöl tanigan keç qolmas” degan naqllar bekorga aytilmagan. Umuman, yöl quriş va uzoqni yaqin qiliş borasida maqollar köp. Hatto, yöl, köprik quriş savobi katta ekanligi yoşligimizdan ongimizga singdirilgan. Şu bois, Qaşqadaryo viloyatidan tuşgan murojaatlardan biri aynan yöl bilan boğliqligi e'tiborimizni tortdi.
Ma'lum bölişiça, Qaşqadaryo viloyati hokimi Zafar Röziyevning qarori bilan 4R79 “Qarşi-Çim-Çiroqçi-Şahrisabz” yölida mulkçilik şaklidan qat'inazar töla vazni 9.0 tonna va undan ortiq bölgan yuk maşinalarining harakatlanişi taqiqlangan. Bu yölda yuk maşinalarining harakatlanişi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan hamda 2016 yil 1 martidan e'tiboran kuçga kirgan yangi tahrirdagi “Yöl harakati qoidalari”da keltirilgan 3.4 raqamli yöl belgisi bilan tartibga solingan. Şahrisabzdan Qarşiga kelarkanmiz, bunga özimiz bir neça marta guvoh böldik.

Hokim qarorining aholi va yuk taşiş bilan şuğullanuvçilar orasida norozilik keltirib çiqarayotgan jihati şuki, ular quriliş mollari, toş, şağal, pişiq ğişt kabilarni bemalol olib kirişlari yoki taşişlari uçun imkoniyatning umuman qolmagan. Haydovçilar va uşbu yöl yoqasida faoliyat yurituvçi köp sonli tadbirkorlarning aytişlariça, garçi qoidalarda istisno holatlari belgilanganiga qaramay, viloyat YPX xodimlari uşbu yöldan yuk taşişga umuman imkon bermayapti.

Xususan, biz suhbatlaşgan haydovçilar mazkur yöl atrofidagi aholiga oğir yuklarni yetkazib beriş, tadbirkorlik sub'yektlarining (2 ta ğişt zavodi, boşqa turli işlab çiqariş birlaşmalari bor) mahsulotlarini taşişda qiynalişmoqda. Qolaversa, yöl böylab faoliyat yurituvçi tadbirkorlar ma'lum bir oğirlikdagi mahsulotini iste'molçiga yetkazişda bitta yuk maşinasi emas, balki bir neçta avtomaşinadan foydalanişga töğri kelayotganini aytişdi.
Haydovçilarning sözlariga köra, ular uşbu yöl yoqasidagi buyurtmaçilarga mahsulotni yetkazib beriş uçun “Qarşi-Çim-Çiroqçi-Şahrisabz” yölidan emas, Ğuzor yoki Çiroqçi tumani orqali ötuvçi yöllardan yoki mahallalar oraliğidagi kiçik yöllardan foydalanişga majbur bölişmoqda. Buning natijasida, “mahsulot tannarxi oşmoqda, vaqt boy berilmoqda, ortiqça yonilği sarflanmoqda”.














