Jyeneva avtosaloni yangiliklari orasida juda noyob modellar bor, taqdim etilgan maşinalardan kamida uçtasi dunyodagi eng tez seriyali avto nomiga da'vogarlik qilişi mumkin. Quyida 2018 yilgi Jyeneva avtosalonining eng yorqin sportkarlari haqida ma'lumot beriladi. Uşbu beşta maşinaning barçasi turli mamlakatlardan.
Mercedes-AMG GT 4-Door Coupe
Ikkinçi avloddagi Porsche Panamera’ga biroz qiyin bölişi mumkin, sababi bozorga beş eşikli Mercedes-AMG GT gran-turizmo versiyasi çiqmoqda. Albatta, biroz şoşilmasdan çiqmoqda – seriyali nusxalar buyurtmaçilarga 2019 yilning birinçi çoragidan söng yetib keladi.



AMG GT uçun uçta kuç qurilmasi tayyorlandi. Birinçisi, AMG GT 53, 3 litrli 429 kuç quvvatga ega «oltitalik», şuningdek, starter-generator va kerakli tezlikka çiqişda yordamçi rolini öynovçi EQ Boost elektrmotoridan iborat «yengil gibriddir». Ikkinçisi, AMG GT 63, 4 litrlik, 577 ot kuçilik V8’ga ega. Eng tepada esa AMG GT 63 S versiyasi joylaşgan, u 639 ot kuçiga ega hamda turgan joyidan «yuzga» 3,2 soniyada çiqadi – 680 kuçli Panamera Turbo S E-Hybrid’dan ham tezroq!
Toyota GR Supra Racing Concept
U baribir qaytmoqda! Need For Speed/Fast and Furious işqiboziga yaxşi taniş nom yana avtomobil ufqida körinmoqda. Hozirça faqat kontsept-kar körinişida, biroq şuning özi ham kimlargadir yetadi. Aftidan, seriyalik «Supra» premerasiga ozgina qoldi va 16 yillik kutiş öz natijasini beradi.























