Qirğiziston milliy-vatanparvar kuçlari va faollar taşabbusi bilan qurultoy taşkil etilmoqda. Bu haqda «24.kg» taşkiliy qömita a'zosi Adil Turdukulovga asoslangan holda xabar tarqatdi.

Uning sözlariga köra, qurultoy 2010 yilning 7 apreli voqealariga bağişlanişi rejalaştirilgan.

«Biz qurultoyda har bir sohadagi dolzarb mavzularni muhokama qilişni istaymiz. Hozirça uç asosiy mavzu bor: korrupsiyaga qarşi kuraş, siyosiy mahbuslar bilan boğliq vaziyat hamda söz erkinligi. Bugun taşkiliy qömitaning ilk yiğilişi ötkazildi. Juda jiddiy bahslar böldi», — degan Adil Turdukulov.

Bölajak forum delegatlari nima uçun milliy qurultoy instituti ğoyasi muvaffaqiyatsizlikka uçraganini muhokama qilişmoqçi. Taşkiliy qömitadagilar bunda Jogorku Keneş deputatlarini aybdor deb hisoblaşadi.

Qurultoyga mamlakatning sobiq prezidentlari, hozirda qoçqinda bölgan Askar Akayev va Kurmanbek Bakiyevni ham taklif etişgan.

«Biz ularni taklif qildik, çunki kuçlarni birlaştiriş vaqti keldi. Konsensus topiş kerak. Maqsadimiz — barça siyosiy tomonlarni birlaştirişdir», — deya izohlagan Adil Turdukulov.