Kun.uz tahririyati tomonidan e'lon qilingan bemor kişilarni soğayib ketişi uçun ötkazilayotgan xayriya aksiyasida firibgarlik harakatini amalga oşirişda gumon qilinayotgan şaxslar aniqlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Ma'lum qilinişiça, tahririyatga miya faoliyatidagi nuqsondan aziyat çekib, yaxşilar kömagiga muhtoj ekanini bildirgan Baxtiniso Mahmudova noodatiy firibgarlik qurboniga aylandi. 1990 yilda Farğona viloyatida tuğilgan fuqaro A.D. Baxtinisoning işonçiga kirib, göyoki, uning bank plastik karta hisobiga xayriya pullarini ötkazmoqçi ekani, buning uçun plastik karta boğlangan telefon raqamga SMS-xabar orqali maxfiy kod yuborilganini aytadi. Barça umidni mana şu xayriya aksiyasiga boğlagan qiz bunday firibgarga işongan holda maxfiy kodni A.D.ga bildiradi.

Şundan söng, Farğona geofizika ekspeditsiya 3D-partiyasi işçisi A.D. maxfiy kodni kiritiş orqali «OSON» mobil ilovasi yordamida Mahmudovaga tegişli bank plastik kartasiga töliq egalik qiliş imkoniyatini qölga kiritadi. U hisob raqamda mavjud bölgan 2 mln 300 ming söm mablağni boşqa hisob raqamiga ötkazib, pullarni internet orqali öynaladigan totalizatorga sarflagan.

1990 yilda Farğona viloyatida tuğilgan fuqaro A.D. 

Toşkent şahar Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi katta suriştiruvçisi Mirzohid Möminovning Kun.uz tahririyatiga bergan ma'lumotiga köra, mazkur iş yuzasidan A.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan taşqari, Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumani IIB Jinoyat-qidiruv bölinmasi tezkor vakili, kapitan Alişer Sohibovning ma'lum qilişiça, Baxtiniso Mahmudovaga nisbatan xuddi şu kabi firibgarlik boşqa şaxs tomonidan ham sodir etilgan.

«1996 yilda tuğilgan Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida istiqomat qiluvçi S.I. fuqaro Mahmudovaning işonçiga kirib, masofadan turib unga tegişli bölgan bank plastik karta boşqaruvini qölga kiritadi. Şu orqali karta hisob raqamidagi 70 ming sömni özlaştiradi. Tezkor qidiruv harakatlari davomida gumondor şaxs bilan aloqa örnatildi. Şuningdek, Mahmudovaga yetkazilgan moddiy zarar öz vaqtida qoplandi», - deydi tezkor vakil Sohibov.

Eslatib ötamiz, özga şaxsning bank plastik kartasiga boşqaruvni qölga oliş uçun mazkur plastik karta ulangan telefon raqamiga SMS-xabar orqali kelgan maxfiy kodni kiritiş lozim. Karta egalarining soddaligidan foydalangan firibgarlar şaxslarning işonçiga kirib, aldov yöli bilan maxfiy kodni söraşi odatiy holga aylanmoqda.