«Milan» Italiya çempionatining 28-turida «Jyenoa» ustidan zafar quçdi. Genuyadagi «Luidji Ferraris» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyindagi yagona gol qöşimça daqiqalarning beşinçisida Andre Silva tomonidan urildi, uni Suso golli pas bilan ta'minladi.
Şu tariqa, lombardiyaliklar jamoasining çempionatdagi mağlubiyatsiz seriyasi 9 öyinga yetdi. Oxirgi marta Jyennaro Gattuzo şogirdlari 2017 yilning 23 dekabrida «Atalanta»ga yutqazgandi (0:2).
Oxirgi 9 turda milanliklar faqat 2 marta durang öynadi, 7 ğalabaga erişdi.

Endilikda «Milan» 47 oçko bilan A Seriya turnir jadvalida 6-örinda, «Jyenoa» 30 oçko bilan 13-örinda joylaşgan.
Keyingi turda «Milan» öz maydonida «Kevo» bilan uçraşadi, «Jyenoa» «Napoli» mehmoni böladi.
Italiya çempionati
28-tur
Jyenoa – Milan 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90 Andre Silva.
Jyenoa – Perin, Biraski, Spolli, Zukanoviç, Lazoviç, Rigoni (Omeonga, 74), Bertolaççi, Xilemark, Laksalt, Galabinov (Lapadula, 75), Pandev (Bessa, 81).
Milan – Donnarumma, Borini, Bonuççi, Romanoli, Rodriges, Kessie, Bigliya, Bonaventura (Kalabriya, 80), Suso, Kaliniç (Kutrone, 60), Çalxonöğli (Andre Silva, 68).
Ogohlantiriş: Bertolaççi (79).












