Moskvada 82 yoşida rossiyalik aktyor va Moskva badiiy teatri (MXAT) rahbari Oleg Tabakov vafot etdi. Bu haqda RIA «Novosti» teatrga asosan xabar bermoqda.

Ötgan yilning 27 noyabr kuni Tabakov Moskvadagi Birinçi şahar kasalxonasiga olib ketilgandi, biroq u ikki kundan söng favqulodda jarrohlik amaliyotidan ötkazildi hamda sun'iy nafas oliş uskunasiga ulab qöyildi. Bir oy ötib sun'iy komaga tuşirildi.

Tabakov aynan nima sababdan öşanda kasalxonaga yotqizilgani noma'lum: avvaliga rejali tibbiy körik haqida gapirişgan bölsa, söng öpka şamollaşi va qon zaharlanişi tilga olindi. Aktyorning holati söngi paytlarda öta oğir sifatida baholab kelinayotgandi.

Oleg Tabakov 1935 yilda tuğilgan, ijodiy faoliyatini esa 1956 yilda boşlagan. Tabakov faoliyati davomida önlab filmlarlarda suratga tuşdi, ular SSSR kinoklassikasi sifatida tan olingan.