Ukrainaning Avstraliyadagi elchisi Nikolay Kulinich so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada «global kosmik poygada katta tajriba» bor.
Uning bildirishicha, Ukraina «agarda maydoncha bo‘lganida, raketalar uchirishni ertaga ertalabdanoq boshlashi mumkin edi».
«Bu taklif haqiqatga juda yaqin. Biz o‘z mutaxassislarimiz va ekspertlik bilimlarimizni taklif etmoqdamiz. Avstraliyada foydalanish uchun yer bo‘lsa bo‘ldi», - deya aytib o‘tdi Kulinich.











