Tramp bu haqda 20-oktabr kuni Oq uyning Oval kabinetida jurnalistlar bilan suhbatda aytgan. DW xabariga köra, muloqot AQŞ prezidenti maʼmuriyatining YouTube kanalida namoyiş etilgan.

«Menimça, ular buni boşqaça yöl bilan ham amalga oşirişi mumkin. Ularga bir xonada böliş qiyin. Kelişuvga qanday erişilişi meni qiziqtirmaydi», - degan Tramp.

AQŞ prezidenti Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy örtasida «ulkan» nafrat borligi haqidagi fikrini ham takrorlagan.

Şuningdek, u Ukraina rahbari uruşni töxtatiş böyiça kelişuvga intilişi kerakligini taʼkidlagan.

«U kelişuvga borişni xohlaşi kerak böladi, çunki, menimça, uning xalqi bunga ortiq çidab turmaydi», - degan Tramp.

AQŞ prezidenti Vaşington Ukrainaga katta yordam körsatganini, ammo buning evaziga «qayğu, ölimlar va ulkan moliyaviy yöqotişlardan boşqa heç narsa olmaganini» daʼvo qilgan. Uning aytişiça, amerikalik soliq tölovçilar ham, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ham Ukrainani moliyaviy qöllab-quvvatlaşdan çarçagan.

Suhbatda Rossiya qamoğidagi 73 yoşli amerikalik Stiven Habbard masalasi ham kötarilgan. Tramp Putin bilan muloqotida uni ozod qilişni söraganini bildirgan.

Habbard 2024-yil oktabrda Rossiyada yollanma jangçilik moddasi böyiça olti yil-u ön oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Rossiya tergovi talqiniga köra, u 2014-yildan Ukrainada yaşagan, 2022-yil fevralda Xarkiv viloyatining Izyum şahri hududiy mudofaa safiga qöşilgan va aprelda Rossiya harbiylari tomonidan qölga olingan.

AFP agentligi avvalroq Habbard Rossiya qamoğida qiynoqqa solingani haqida xabar bergan edi.