14:59 / 13.03.2018
21331

Banklar assotsiatsiyasi bosh direktori o‘zgardi

Foto: Banklari assotsiatsiyasi

O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasi bosh direktori o‘zgardi. Bu haqda qator manbalar xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Baxtiyor Sultonovich Hamidov Banklar assotsiatsiyasi bosh direktori etib tayinlangan. 

72 yoshli Baxtiyor Hamidov bundan avval O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri, makroiqtisodiyot va statistika vaziri, Qashqadaryo viloyat hokimi, “Ipotekabank” boshqaruvi raisi kabi lavozimlarda ishlagan. 

Assotsiatsiyaning avvalgi bosh direktori Saydullo Abdullayev qayerga ishga o‘tgani hozircha noma'lum bo‘lib turibdi.

Mavzuga oid
Top