Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklar assotsiatsiyasi bank xizmatlari bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasiga bank xizmatlari ommabopligini oshirish va bank faoliyatini takomillashtirishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish tavsiya etildi:
O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish Kontseptsiyasini tasdiqlash;
bank tizimi xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqib xorijiy banklar bilan tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish;
bank xizmatlari ommabopligining dolzarb muammolari, xalqaro tajribani o‘rganish va uni respublika bank xizmatlari bozorida qo‘llash yuzasidan takliflar ishlab chiqish, banklar va ularning mijozlari uchun axborot-tahliliy va konsalting xizmatlarini tashkil etish yuzasidan mavzuga oid izlanishlar olib borish;
masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy va ilg‘or bank xizmatlarini amaliyotda ro‘yobga chiqarish tashabbuslarini ilgari surish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish;
bank xizmatlarining yangi turlari va mahsulotlarini aniqlash hamda ularni keyinchalik respublika banklarida tatbiq etish maqsadida ilg‘or chet el banklarining faoliyatini o‘rganish.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026