Samarqand viloyati hokimligida maxsus qidiruvdagi fuqarolarning yaqin qarindoşlari bilan viloyatda amalga oşirilayotgan işlar masalasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda viloyat hokimi, diniy va xotin-qizlar masalalari böyiça örinbosarlari, viloyat prokuraturasi, milliy xavfsizlik, içki işlar, davlat soliq boşqarmalari boşliqlari, Özbekiston yoşlar ittifoqi viloyat kengaşi, «Nuroniy», «Mahalla» xayriya jamoat fondi viloyat bölimi, şahar va tumanlar hokimlarining yoşlar böyiça örinbosarlari, yoşlar, maxsus hisobda turuvçi şaxslarning yaqinlari va boşqa idora va taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Yiğilişni viloyat hokimi Turobjon Jörayev boşqarib bordi va öz sözida yurtimizda, xususan, viloyatda yuz berayotgan ijobiy özgarişlarga töxtalib ötdi.
— Bugungi kunda yurtimizda yuz berayotgan özgarişlar, bunyodkorlik va boşqa bir qator ezgu işlardan barçangiz xabardorsiz, — dedi viloyat hokimi öz sözida. — Yillar davomida yiğilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga Prezidentimiz boşçiligida barham berilmoqda. Viloyatimizda ham aholi muammolarini hal etiş, ularga yanada farovon hayot keçirişi uçun barça şaroitlarni yaratiş borasida qamrovli va tizimli işlar amalga oşrilmoqda. Bu yurtda har bir fuqaroning yaxşi yaşaşga haqi bor. Afsuski, yurtimizda erişilayotgan şunday yutuqlar, tinçlik va osoyiştalikni qadriga yetmay turli diniy oqimlar safiga qöşilib, özga yurtda yurganlar, adaşgan fuqarolarimiz ham bor. Buning eng katta sababi işsizlikdir. Işsiz bölgan inson pul topişning boşqa yöllarini izlaydi va bundan ğarazli niyatli kimsalar foydalanib qoladi. Adaşgan fuqarolarimizni qaytarişga, töğri yölga solişga barçamiz mas'ulmiz. Men yiğilişda iştirok etayotgan maxsus hisobda turuvçilarning yaqinlariga murojaat qilmoqçiman. Agar ular bilan aloqangiz bölsa, ayting, qaytişsin. Viloyat hokimi sifatida va'da beraman, heç qaysini qamamaymiz. Prezidentmizning topşiriği bu. Ularni töğri yölga solamiz, iş bilan ta'minlaymiz, uyi bölmasa bu borada ham yordam beramiz.
Ta'kidlanişiça, viloyatda içki işlar maxsus hisobda turgan 1749 nafar fuqaroning 1625 nafari ötgan bir yarim yil davomida maxsus hisobdan çiqarilgan. Qolgan 124 nafari turli xorijiy davlatlarda qolmoqda. Şulardan 12 nafarining jinoyati tegişli idoralar tomonidan örganib çiqilib, ular yurtiga qaytişi böyiça profilaktik çora-tadbirlar olib borilmoqda. Şu bois yiğilişga ham ana şu ön ikki nafar adaşgan fuqarolarning yaqinlari taklif etildi.
— Bir yarim yil davomida maxsus hisobdan çiqarilgan fuqarolarga amaliy yordamlar berildi, — deydi Milliy xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boşqarmasi boşliği U.Mirzahmedov. — Tadbikorlik qilişni istaganlariga imtiyozli kreditlar ajratildi. Kam ta'minlanganlariga moddiy yordam körsatildi, işsizlari iş bilan ta'minlandi. Salomatligini tiklaş va davolanişlari uçun barça şaroitlar yaratildi.












