Iroq şimolidagi Arbil şahrida joylaşgan AQŞ boş konsulxonasi binosi atrofiga bir neça raketa kelib tuşdi.
Iroq milliy axborot agentligi ma’lumotiga köra, şaharda kamida uç marta portlaş ovozlari eşitilgan.
Hujum oqibatida konsulxona binosi yaqinida joylaşgan Kurdistan 24 telekanali binosi şikastlangan. Şuningdek, mahalliy aeroport faoliyati töxtatilgan.
Qurbonlar va jabrlanuvçilar haqida xabar berilmadi.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga köra, raketalar Eron hududidan uçib kelgan.
AlHadath ma’lumotiga köra, Arbilga raketalar uçirilişi Suriyada eronlik ikki zobit Isroil harbiy-havo kuçlari tomonidan yöq qilinişiga javoban amalga oşirildi.












