«Tribuna» Ispaniya çempionatining 28-tur uçraşuvlarini tahlil qiladi.

Messilar köpaydi

Foto instagram.com/antoroccuzzo88/

«Malaga» - «Barselona» - 0:2
Gollar: Luis Suares, 15 (0:1). Filippe Koutinyu, 28 (0:2).
«Malaga»: Roberto, Rosales, Ernandes, Mikel, Rikka, Samuel Garsiya, Iturra, Lasen, Çori Kastro (Lestenn, 61), En-Nesiri (Ideyye, 78), Rolan (Saksess, 78).
«Barselona»: ter Ştegen, Serxi Roberto (Andre Gomeş, 74), Pike, Yumtiti, Jordi Alba (Din, 77), Rakitiç, Buskets, Paulinyu, Dembele (Aleyş Vidal, 85), Luis Suares, Filippe Koutinyu.

Yerda Messilar yana bittaga köpaydi. Şanba kuni keçqurun argentinalik futbolçining rafiqasi Messiga uçinçi öğilni tuğib berdi, unga Çiro deya ism qöyişdi. Yakşanba kunni ham Lionel Tiago va Mateo ismli öğillari bilan şifoxonada ötkazdi. Şu tufayli u «Barselona»ning «Malaga»ga qarşi öyinini ötkazib yubordi. Şu bilan birgalikda, Messi jamoadoşlarini ekran ortidan qöllab-quvvatlab turdi. Jamoa esa uni uyaltirib qöymadi - Suares nihoyat «Malaga»ga gol urdi (bungaça u 5 öyinda bu jamoa darvozasiga yöl topa olmagandi), endi urugvaylik bu futbolçi Ispaniyada qaysi jamoaga qarşi öynagan bölsa (25 jamoa), barçasiga gol urgani bilan faxrlanişi mumkin. Ikkinçi golni Koutino Dembelening pasidan keyin tovoni bilan darvozaga yölladi. Bu juftlik kombinatsiyasi orqali yuzaga kelgan golni eng qimmatbaho gol deb ataşmoqda - bu futbolçilar transferi uçun bu mavsumda «Barselona» 225 million yevro sarflagandi.

Kriştianuni töxtatib bölmayapti

Foto: Real

«Eybar» - «Real» - 1:2 (0:1).
Gollar: Kriştianu Ronaldu, 34 (0:1). Ramis, 50 (1:1). Kriştianu Ronaldu, 84 (1:2).
«Eybar»: Dmitroviç, Kapa, Arbilya, Ramis (Oliveyra, 67), Xose Anxel, Pedro Leon, Dani Garsiya, Eskalante (Diop, 85), Xoan Xordan, Inui (Şarles, 87), Kike.
«Real»: Navas, Karvaxal, Serxio Ramos, Varan (Naço, 28), Marselu, Kazemiru, Modriç, Kroos (Vaskes, 71), Isko (Benzema, 71), Beyl, Kriştianu Ronaldu.