Samarqand şahridagi “Söğdiyona” istrohat boğidagi köp yillik çinorlar va teraklar kesib taşlanib, mavjud bino va inşootlar buzib taşlanmoqda.

Istirohat boği hududidagi futzal sport saroyi, unga kiraverişdagi sun'iy qoplamali futbol maydonçasi ham buzib taşlangan.

Kun.uzga yetkazilgan ma'lumotlarga köra, qarovsizligi sababli taşrif buyuruvçilar soni yildan yilga kamayib borgan istirohat boği örniga muz sport majmuasi qad kötaradi. Kelgusida uşbu majmuada figurali uçiş, konkida uçiş va xokkey kabi sport turlari rivojlantirilişi nazarda tutilgan.

Samarqandda ayni paytda Alişer Navoiy nomidagi markaziy istirohat boği, şuningdek, Temiryöl vokzali yaqinida “Yoşlik” istirohat boği hordiq çiqaruvçilarga xizmat körsatmoqda.

Universitet xiyoboni, SamAvto zavodi oldida hamda Samarqand davlat arxitektura-quriliş instituti xiyobonida sayr etuvçilar uçun yaşil zonalar faoliyat körsatmoqda.

 

Öz muxbirimiz.